Har yili 3-dekabrda nogironligi bo‘lgan shaxslar kunining nishonlanishidan asosiy maqsad – siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha jabhalarida bunday insonlarning huquqlarini targ‘ib qilishdan iboratdir.
Ushbu sana munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali professor-o`qituvchilari hamda 20 nafar faol talabalari Yakkabog` tumanida joylashgan “Saxovat” keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslar holidan xabar olindi.
V.Arziqulov rahbarlik qilayotgan ushbu maskanda jami 120 nafar qariya va nogironligi bor insonlar yashaydi. Ularga filial jamoasi tomonidan “Bir payola choy ustida” dasturxoni tuzaldi, issiqqina non va osh tarqatilib, qishki paypoqlar sovg`a sifatida ulashildi.
Ishtirok eta olmaganlarga yotoq joylarida sovga`lari topshirildi.