57-sonli o’rta ta’lim maktabiga tashrif

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining “Kimyoviy texnologiya va sifat menejmenti” kafedrasi o’qituvchisi Tursunov Davron Joʻraqulovich hamda “Kimyoviy texnologiya” yoʻnalishi 3 – bosqich 14-20-guruhning faol talabalari N.Abdualimov, A.Ergashev va D.Gulmatov bilan birgalikda Shahrisabz tumani togʻli chekka hududida joylashgan 57-sonli o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.

Aholining etnik tarkibidan kelib chiqib, Tursunov Davron Joʻraqulovich tomonidan bayon qilingan fikrlarni talaba Gulmatov Dilshod ularning etnik tilida ( tojik) bayon qilib turdi. Bundan tashqari talabalar oʻzlarining 3 yillik ta’lim olish davri davomida institutda amalga oshirilgan va oshirilayotgan oʻzgarishlar haqida oʻzlarining fikrlari bilan oʻrtoqlashishdi. Shningdek, TKTI Shahrisabz filialining tashkil etilishi, filialning yoʻnalishlari, ichki imkoniyatlari, tashqi iqtisodiy aloqalari va filialda tashkil etilgan oʻquv ishlab chiqarish laboratoriyasi haqida davra suhbatida maktab bitiruvchilariga toʻliq tushuncha berishdi.

Bu tashrifdan TKTI Shahrisabz filialini nufuzini oshirish va kelgusida oʻzbek tilidan boshqa tillarda (qozoq, tojik, turkman) ham targ`ibot faoliyatini yuritishi uchun poydevor boʻlib xizmat qilishi mumkin, degan xulosaga kelindi.

Scroll to Top