72-sonli maktabda targ`ibot tadbiri
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Boboyev hamda filial yoshlar yetakchisi M.Mavlonovlar tomonidan Shahrisabz tuman “Uloch” MFYda joylashgan 72-sonli maktabda Yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag`ishlangan targ`ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda mahalla faollari, xotin-qizlar, maktab o`qituvchilari va yoshlar ishtirok etishdi.
![](https://telegra.ph/file/af725936660979c0f48cf.jpg)
Unda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy Qonun loyihasi va bosh qomusimizga kiritilayotgan normalarga alohida to‘xtalib, ularning ahamiyati to‘g‘risida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.
![](https://telegra.ph/file/ea4a3a89085cb3431dba5.jpg)
![](https://telegra.ph/file/3f0e96d92feabc1b1525c.jpg)