Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yillik bayrami munosabati bilan “Konstitutsiyamiz-baxtimiz qomusi” mavzusida manaviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Tadbirda Shahrisabz shahar hokimi A. Sulaymonov, Shahrisabz shahar prokurori B. Bekbo‘tayev, prokuror yordamchisi A.Isoyev, IIB boshlig’i U. Otaqulov, Shahrisabz tuman IIB huzuridagi tergov bo’linmasi katta tergovchisi – podpolkovnik X.Negmatova, Shahrisabz tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori – mayor M.Kenjayevalar tomonidan Konstitutsiyamizning baxtimiz qomusi, xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi ekanligi, hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati va muhim jihatlari hususida fikrlar bildirildi.
Tadbirda yil davomida respublika va filial miqyosida o’tkazilgan ko‘rik tanlovlarida g‘olib bo‘lgan talabalar va MDH miqyosida o’tkazilgan ilmiy konferensiya sovrindorlari esdalik sovg’alar va diplom bilan taqdirlandi.