Qonun loyihasi targ`ibot doirasida
Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi keng jamoatchilik ishtirokida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida 24-mart kuni “Axborot va murabbiylik soati” doirasida barcha talabalarga yetkazilishini ta`minlash maqsadida tashkil etilgan tadbir ham aynan ushbu jarayonga bag‘ishlandi.
Ushbu yig‘ilishda ishtirokchilarga Xalq deputatlari Shahrisabz shahar kengashining Ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalari bo`yicha doimiy komissiya a`zosi hamda O`zbekiston XDP a`zosi, filial sirtqi bo`lim boshlig`i Sh.R.Rahmonova tomonidan Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarishlar mohiyati bo‘yicha atroflicha tushuncha berib o‘tildi.
Ochiq ruhda o‘tgan tadbirda talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.