Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Dili pok-u mo’jizakor samosan ayol” shiori ostida “Ma’rifatli ustozlar” bellashuvi hamda tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Unda filial direktori prof. Sh.A.Mutalov filialda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni bahoriy bayram bilan samimiy qutladi
Bayramona tadbir O’zbekiston davlat filarmoniyasi suxandoni M.Aliyev, xushovoz xonandalari B.Jo’rayev hamda A.Uzoqovlar jamosi ijrosidagi goʻzal kuy-qoʻshiqlar, talabalarning she’riy chiqishlarii bilan yanada fayzli davom etdi.
Bellashuv yakuniy natijalariga ko’ra, “Aniq va tabiiy fanlar”kafedrasi fizika fani o’qituvchisi Bahromova Anzura “Eng bilimdon ustoz” nominatsiyasiga,”Kimyoviy texnologiya” kafedrasi o’qituvchisi Kiyamova Malika “Eng latofatli ustoz” nominatsiyasiga, “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi o’qituvchisi Sobirova Ruxsora “Eng iqtidorli ustoz” nominatsiyasiga,
“Ijtimoiy iqtisodiy fanlar” kafedrasi rus tili fani o’qituvchisi Raxmonova Durdona “Eng iste’dodli ustoz” nominatsiyasiga, “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi o’qituvchisi Egamberdiyeva Marjona “Eng nazokatli ustoz” nominatsiyalariga ega bo’lishdi.