OTM va mahalla Yoshlar Yetakchilari bilan hamkorlik uchrashuvi

 

OTM va mahalla Yoshlar Yetakchilari bilan hamkorlik uchrashuvi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida tashkil etiladigan seminarga Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrining 40 dan ziyod mahallalarida faoliyat yurituvchi Yoshlar Yetakchilari tashrif buyurishdi.

Seminarning maqsadi, mahallalardagi bitiruvchi va uyushmagan yoshlarni maqsadli yo`naltirish, shuningdek,  OTMda sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, uning nufuzi hamda obrо‘-e’tiborini asrab-avaylash, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga kо‘maklashish, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida о‘z mas’uliyatini his etadigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bо‘lgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uyg‘oq mutaxassislarni tayyorlashda OTM hamda mahalla Yoshlar Yetakchilari o`rtasida hamkorlikni yo`lga qo`yishdan iborat.

Ko`tarinki kayfiyatda kutib olingan mehmonlar filial kafedra mudirlari tomonidan filialda yoshlarga kasb o‘rgatish, tadbirkorlik asoslari, kitobxonlik, kompyuter texnologiyalari, sport va boshqa tadbirlarni tashkil etish imkoniyatlari bilan tanishtirildi.

Tadbirni filial direktori professor Sh.A.Mutalov kirish so`zi bilan ochib berdi.

Seminarda “mahallalarda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi amaliy tadbirlar va loyihalarni hamda “Besh muhim tashabbus” ijrosini filial jamoasi bilan hamkorlikda samarali tashkil etish” masalalariga to`xtalib o`tildi.

Filial psixologi A.Berdiyeva tomonidan “Muloqot psixologiyasi, jamoada ishlash, muammoli vaziyatlarda o`zini tutish va liderlik qobiliyatlarini shakllantirishda professional yondashuv” mavzusida ma`ruza o`qildi hamda seminar yakunida ishtirokchilarning yanada ish faolligini oshirish maqsadida motivatsion trening o`tkazildi.

Ayniqsa, filial katta o‘qituvchisi O.Sa’dullayevning “Tadbirkorlikka ajratilayotgan imtiyozli kreditlardan unumli foydalanish masalalari” mavzusidagi ma`ruzasi o`zining dolzarbligi bilan seminar ishtirokchilarini quvontirdi. (Xalq banki ATB misolida).

Tadbir so`nggida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Shahrisabz shahar bo‘limi boshlig`i Alixanova Malika Boymurodovna so`zga chib, jamoasi nomidan minnatdorchiligini bildirdi va esdalik sovg`alari topshirildi.

Uchrashuv barchada yuqori taassurot qoldirdi.

 

Scroll to Top