⚡️⚡️Shahrisabz shahar 13-IDUMI uyingohida O‘zbekiston Respublikasi DXX kubogi sovrini uchun boshlangan mahalla yoshlari o‘rtasidagi futbol musoboqasi nihoyasiga yetdi.
✅ 7-iyun kuni g‘olib jamoalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Yosh futbol jamoalarini Shahrisabz shahar hokimi Akrom Sulaymonov, sektor rahbarlari, DXX Shahrisabz bo‘limi boshlig‘i Sanjar Parpiyevlar qizg‘in va samimiy tabriklab, qimmatbaho sovg‘alar va kuboklarni tantanali ravishda topshirishdi.
♻️Eng quvonarlisi, mazkur musobaqada Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali “Kesh malikalari” talaba-qizlari jamoasi ishtirok eib, faxrli 1-o`rinni egallashdi va viloyat bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritishdi.
✅Viloyat bosqichida talaba-qizlarimiz Shahrisabz shahrini himoya qilishadi.
🚀“Kesh malikalari” talaba-qizlari jamoasiga omad tilaymiz!