⚡️⚡️Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining “Kimyoviy texnologiya va sifat menejmenti” kafedrasi o’qituvchilari Tursunov Davron Joʻraqulovich va Normurodov Ilyos Urolovich rahbarligida “Kimyoviy texnologiya” yo`nalishi talabalari bilan “Dehqonobod kaliyli zavodi” АJ ga tashrif buyurishdi.
✅Bunda talabalar Dehqonobod tumanida kaliyli oʼgʼitlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va Markaziy Osiyoda yagona hisoblanuvchi yirik sanoat korxonasining ishga tushirilish tarixi, Oʼzbekiston qishloq xoʼjaligi rivoji uchun gʼoyatda muhim uch asosiy unsur – fosforli, azotli va kaliyli mineral oʼgʼitlar ishlab chiqarish salohiyati, zavodning yillik quvvati va keleajakda amalga oshirilishi lozim boʻlgan loyihalar haqida zavod ishchi guruhi tomonidan filial talabalariga keng ma’lumot berildi.