⚡️⚡️Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Ulug‘bek Inoyatovning saylovoldi dasturi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

✅ Unda saylovchilar, jumladan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali sirtqi bo`lim boshlig`i Sh. Rahmonova, partiya faollari, filial sirtqi bo`lim talaba-yoshlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Nomzodning ishonchli vakili O‘zbekiston XDP viloyat kengashi raisi Olim Ravshanov nomzodning tarjimai holi hamda saylovoldi dasturi haqida ma`lumot berdi.

✅ Tadbir ishtirokchilari saylov xususida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan partiya mas’ullariga murojaat qildilar va ularga tegishli javoblarga ega bo`ldilar.

Scroll to Top