19-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “O’zbekiston Qahramoni — Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi’ ga bag’ishlangan “Abdulla Oripov hayoti va ijodi bilimdoni” mavzusidagi yosh kitobxonlar tanlovi bo’lib o’tdi. Unda professor-o’qituvchilar hamda ilmga chanqoq talabalar ishtirok etishdi.
Tanlov ishtirokchilari uch shart asosida bellashdilar.
Tanlov yakunida,
I-o’ringa 12-20-guruh talabasi Miraxmatova Gulnoz;
II-o’ringa 7-20-guruh talabasi Usmonova Matluba va 20-20 guruh talabasi Turdiyeva Madinalar;
III-o’ringa 7-20 guruh talabalari G’aniyev Diyorbek, Nuriddinov Jaloliddin, Tursunova Mohiralar loyiq deb topildi.
G’oliblar va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.