Bugun Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan “Fuqarolar davlat organlariga emas, davlat organlari fuqarolarga xizmat qilishi kerak!” shiori ostida aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan “Adliya sayli” bo`lib o`tmoqda.
Saylda viloyat adliya huquqiy boshqarmasi vakillari, FHDYO, davlat xizmatlari markazi, OAV, jurnalist va blogerlar hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali jamoasi faol ishtirok etishmoqda.
Dastlab sayl “Sog`lom hayot sari 5000 qadam” shiori ostidagi huquqiy marshi bilan boshlandi va Ko‘kgumbaz obidasi oldidan start berildi.
So`ngra, Shahrisabz shahar hokimi Akrom Sulaymonov sayl ishtirokchilariga tadbirning ahamiyati va mohiyati haqida tushuntirish berdi
Amir Temur muzeyida tashkil etilgan “Temur tuzuklari bilimdonlari” tanlovida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Sadullayev Oybek boshchiligidagi 3-bosqich talabalaridan iborat jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 2-oʻrinni egallab, qimmatbaho sovg`alarga ega bo`lishdi.
Sayl davom etmoqda.