Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida siyosiy fanlar doktori, professor To’lqin Alimardonov tomonidan “Amir Temur adolat timsoli” mavzusidagi o’quv-amliy seminar darsi tashkil etildi.
Seminar darsda filial barcha professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi. Uni o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari B.Sh.Sirojov ochib berdi.
Professor tomonidan dastlab Amur Temurning tarixda tutgan o`rni va hayot yo`li, ya`ni sarkardaning 150 yil mo’g’ul istilosida bo’lgan xalqlarning xaloskori bo’ganligi va ko’plab amalga oshirgan ishlari, Amur Temur imperiyasi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Qadimgi turkiy xalqlar falsafasi, Amur Temurning davlat konsepsiyasi tuzilishi, “saltanatni boshqarishning o’n ikki shiori”, “davlatning o’n ikki toifasi”, “jamiyatning tabaqalanishi” kabi tushunchalar haqida so’z yuritilib, ayrim hikmatli so’zlariga izohlar berib o`tildi.
Bir so’z bilan aytganda, Amir Tumur bobomizning tarixda tutgan o’rni beqiyosdir. Uning jamiyat rivoji, xalq farovonligi, yurt tinchligi uchun qilgan ezgu ishlarini, olib borgan adolatli siyosatini biz hech qachon unutmasligimiz lozim.