AVVAL – INSON, KEYIN – JAMIYAT VA DAVLAT

 RMMM Shahrisabz tuman bo’linmasi tashabbusi bilan Shahrisabz kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Boboyev va tuman IIB hamkorligida “Milliybank” AT tuman filialida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati va “Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat” mavzulariga bag’ishlangan targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

So’z chiqqanlar, Murojaatnomada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning o‘ziga xos jihatlari, undan kelib chiqadigan aniq vazifa va takliflar yuzasidan batafsil tushuntirish ishlarini olib bordilar.

Shuningdek, Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet tarmog‘i orqali tarqatilayotgan g‘arazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar, zalolatga boshlovchi buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish masalalari kun tartibiga qo’yildi.

 Tadbir so’ngida “Singapur mo’jizasi” nomli videorolik namoyish etildi.

Scroll to Top