Ayol go‘zal, oqila bo‘lishi muhim, lekin bilimli bo‘lishi shart.

O‘zbekiston Respublikasida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Gender tenglikni ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolliklarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida bo`lib o`tgan ochiq muloqot ana shu mavzuda bo`lib o`tdi.

 Filial xotin-qizlar jamoasi tomonidan berilgan taklif va savollarning asosiy mazmuni yosh olima xotin-qizlarning iqtidorlarini yuzaga chiqarish, Gender tengligi, tayziq va zo‘ravonlikni oldini olish mavzularida bo`ldi. Ushbu savollarga soha mutaxassisi F.Qodirova tomonidan javob berildi.

Oilada farzandlarning ilk tarbiyachisi, murabbiysi sifatida ayollarning ilmli, intellektual salohiyatli, keng dunyoqarashga ega bo‘lishi mamlakat kelajagini ta’minlovchi asosiy mezonlar sirasiga kiradi. Axir bejizga donishmandlar ayol go‘zal, oqila bo‘lishi muhim, lekin bilimli bo‘lishi shart, deya urg‘u bermaganlar.

Scroll to Top