Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni eʼzozlash
haftaligi”ga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish chora-tadbirlari
toʻgʻrisi”dagi 33-sonli majlis bayonida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayramini keng
nishonlash va yuqori saviyada oʻtkazish, shuningdek, “Ayolni eʼzozlash-ezgulik va
adolat mezoni” gʻoyasi ostida joriy yilning mart oyida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida ham “Xotin-qizlarni eʼzozlash haftaligi” tashkil etildi.
Ushbu haftalik doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida ham “Ayolni eʼzozlash-ezgulik va adolat mezoni” gʻoyasi ostida Shahrisabz shahrida bir necha yillar davomida huquq sohasida o’z mehnatlari bilan faoliyat olib borgan Oqqo’ziyeva Oyzoda Jahongirovna, Berdiyeva Jamila Qosimovna, KTMPda “Oila va nikoh markazi” shifokori Hazratqulova Iroda, Shahrisabz shahar kengashi raisi Ishaliyeva Rohila Qo’ziyevna davra suhbatida ishtirok etishdi.
Davra suhbarini filial Xotin-qizlar masalalari bo’yicha direktor maslahatchisi A.U.Berdiyeva ochib berdi.
Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi N.B.Shapsanova so’zga chiqib, “Oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi” tashkil etilganligini aytib o’tdi.
Kiyinish madaniyati va odobi, qizlar salomatligi, ularni oilaga tayyorgarligi, yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash borasida davlatimiz rahbari tomonidan yaratilayotgan imtiyozlar va ularning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.
Yig‘ilish davomida talabalarimiz bilan dildan suhbatlashildi va tadbir so’ngida tashrif buyurgan faxriy mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.