“Bashir” mahallasi yoshlari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori, professor Sh.A.Mutalov, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari F.F.Xidirov hamda professor-o`qituvchilardan iborat ishchi guruhning Kitob tumanida joylashgan “Bashir” mahallasiga tashrifi davom etmoqda.


Joriy yilning 27-iyul sanasida tashkil etilgan tashrifda ham rektorga biriktirilgan yoshlar va ularning vakillari bilan markaz binosida va xonadonlariga borib uchrashuvlar tashkil qilindi.



