Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali professor-o‘qituvchilari, assistentlari va doktorantlari hamda talabalari joriy yilning 19-iyul sanasida Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiya universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrifdan maqsad, oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ilm-fan va ta’lim sohasidagi turli mamlakatlarning muassasalari, har ikki tomonning do‘stona aloqalari va o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, malakali mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish, innovasion ta’lim texnologiyalari va metodikalarini tarqatishga yordam berish, tomonlar tomonidan ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tgan ilmiy yutuqlar va ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarni birlashtirish oliy ta’lim, magistratura, aspirantura, doktorantura, mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat edi.
Filialimiz rahbariyati tomonidan tanlangan: “Funksional ovqatlanish va bolalar ovqatlari texnologiyasi”, “Oziq-ovqat texnologiyasi”. “Sharob tayyorlash va fermentasiya materiallari texnologiyasi” kabi yo‘nalishlari doirasida ushbu universitet o‘zining o‘qitish jarayonida faol hamkorlikda bo‘lgan Belorussiya davlatining ko‘zga ko‘ringan zavod va fabrikalari, jumladan,
non va non mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi zavodi;
Orsha go‘sht kombinati;
Belorussiyaning meva va sabzavotlarni qayta ishlash korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Bundan tashqari, universitet professor-o‘qituvchilari bilan laboratoriya mashg‘ulotlari ( master klass) jarayonini tashkil etish va universitet rektori va rahbarlari bilan uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi
“Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiya universiteti” Xalqaro bo‘limi mutasaddilari taqdim etgan rasmiy rejadagi barcha ilmiy, tajribaviy jarayonlarni o’rganish amaliyot rejasiga muvofiq, madaniy xordiq dasturida hayvonot bog‘iga ekskursiya qilish, Pecherskiy o‘rmon parkiga tashrif buyurish ham ko‘zda tutulgan edi.
Ushbu tashrif filialimiz uchun ajoyib tajriba almashish safari hamda xalqaro hamkorlikni yo’lga qo’yishdagi ilk qadam bo‘ldi.