“ Bilimdon ustozlar kechasi”

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Har kuning bo’lsin Navro’z!” deb nomlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Azaldan Navro’z bayramida turli ko’rik-tanlovlar, musobaqalar o’tkazib kelingan. Biz ham ushbu an’anadan chekinmagan holda filialimizning tajribali, bilimli ustozlari o’rtasida “ Bilimdon ustozlar kechasi” musobaqasini o’tkazishga qaror qildik.

Tadbirni tashkillashtirishda matematika fani o’qituvchisi Qurbonov Shuxrat hamda Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat-ma’rifat bo’limi yaqindan yordam berishdi.

 Bellashuvda filialimizning go’zal va lobar ayollaridan tashkil topgan “Sumalak” hamda mard, jasur erkaklaridan tashkil topgan “Navro’z” jamoalari bellashdi.

Ushbu musobaqada jamoalar:

1-shart. Tanishtiruv

2-shart. “Filialimiz rivojiga qo’shayotgan hissangiz”

3-shart. “Eng sifatli videodars”

4-shart. “Ustoz –shogird maktabi bo’yicha erishgan yutug’ingiz”

5-shart. “Nima qilsak filialimiz rivojlanadi?” shartlari asosida bellashishdi.

Musobaqa yanada qiziqarli va quvnoq kayfiyatda o’tishi uchun asosiy shartdan oldin jamoa hisobiga bonus ball keltirish imkoniyatini taqdim qiladigan “Qo’shimcha shart” lardan (“Dass” o’yini ,  Shart bajarish) foydalanildi.

Bundan tashqari, hakamlar hay’ati jamoalar to’plagan natijalarini muhokama qilgunlariga qadar tadbirni yanada jonlantirish maqsadida, tomoshabinlardan ko’ngillilari davra markaziga taklif etilib, ular ishtirokchida ham shartlar bajarildi.

Bellashuv yakunida natijalar e’lon qilinib, g’oliblar va ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Scroll to Top