Joriy yilning 13-sentyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida direktorimiz professor Sh.A.Mutalov tomonidan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida tashkil etilgan “Birinchi kurs maktabi” darslarining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda filial direktori talabalarni talabalik baxtiga ega bo‘lganliklari bilan samimiy tabriklab, ularga kredit-modul tizimi, talabalarni baholash mezonlari, ta’lim olish huquqlari, filial faoliyati, olib borilayotgan ishlar va talabalarga yaratilgan shart-sharoit, imkoniyatlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning kuni kecha chop etilgan «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» nomli yangi kitobi haqida gapirib o‘tdi. Taqdim etilgan ushbu kitobda so’nggi besh yil ichida amalga oshirilgan islohotlarga alohida ahamiyat qaratilganligi, strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil fikr yuritilganligi e’tirof etildi va barcha talabalarimizni ushbu kitob mutoalaasiga chaqirildi.
Filialda “Birinchi kurs maktabi” darslari davom etmoqda.