Joriy yilning 5-6-sentyabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida direktor Sh.A.Mutalov tomonidan tashkil etilgan “Yangi O‘zbekistondael aziz, inson aziz” shiori ostidagi “Birinchi kurs maktabi” darslarining ilk uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda filial direktori talabalarni talabalik sharafiga ega bo‘lganliklari bilan samimiy tabriklab, ularga kredit-modul tizimi, talabalarni baholash mezonlari, ta’lim olish huquqlari, filial faoliyati, olib borilayotgan ishlar va talabalarga yaratilgan shart-sharoit, imkoniyatlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Filialda “Birinchi kurs maktabi” darslari davom etmoqda.