Birinchi “qaldirg’ochlarimiz”

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida 2022-2023-o‘quv yili uchun “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasining “Don mahsulotlari texnologiyasi” bakalavriat bosqichi bitiruvchilarining diplom himoyalari boshlandi.

Men Obidov Javohirbek – Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining 17-20 guruh talabasi filialimizda bo’lib o’tgan bizning birinchi “qaldirg’ochlarimiz” 4-bosqich talabalarimizning diplom himoyasi kunida ishtirok etdim. O’zim uchun juda ko’p kerakli ma’lumotlarni bilib oldim va inson salomatligi uchun juda foydali bo’lgan iste’molbop mahsulotlarni hamda ularni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishdim.

Eng birinchi bo`lib bitiruvchi talaba Maxmudov Shaxtiyor

o’z malakaviy bitiruv ishini himoya qildi. Birinchi bo’lishda hayajon bo’lgani singari bu talabamizda ham ozgina hayajon sezildi, so’ng savol javoblar davomida o’z hayajonlarini yengib ajoyib javoblar bilan komissiya a’zolarida yaxshi taassurot qoldirdi.

Eshtemirov Eldor esa o’z malakaviy bitiruv ishida suli yormasi haqida batafsil ma`lumot berdi va undan olinadigan mahsulotlar: oddiy suli, gerkulesni aholimiz ratsional ovqatlanishida keng qo’llash texnologiyasini ilmiy yoritib berdi. Bu tabiiy mahsulotga qiziqishim juda ortdi Keyingi yilda o’zim ham o’z malakaviy bitiruv ishimni shu mavzuda davom ettirishni niyat qildim.

Scroll to Top