Joriy yilning 18-yanvar kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida bitiruvchi talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Sirojov, fakultet dekani M.Samadov, “Muhandislik texnologiyalari” kafedrasi mudiri A.Norqobilov, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari F.Xidirov, professor-o‘qituvchilar hamda 2023-2024 o’quv yili bitiruvchilari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda bitiruvchi yoshlarni ishga joylashtirish, kelgusida o’z mutaxassisligi bo’yicha yetuk kadr bo’lib yetishishlariga ishonch bildirish, til oʻrganish, magistraturada ham tahsilni davom ettirish borasida tavsiyalar berildi. Hozirda ilmiy ish olib borayotgan talabalarga koʻmaklashish borasida masʼullarga topshiriqlar berildi.
Erkin muloqotda bitiruvchi yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.