Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Biz birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashamiz” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.
Unda Shahrisabz tuman ichki ishlar bo`limi xodimi Shuxrat Sultonov, Shahrisabz tuman Adliya bo`limi boshlig`i Shuxrat Uzoqov, “Ostonaqul” jome` masjidi imom xatibi Botir Mingboyev, filial o`quv bo`limi boshlig`i Burxon Sirojov, filial korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayns nazorat” bo’limi bosh mutaxassisi Ruslan Shoyimov, talabalar orasida ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorligini ta`minlashga mas`ul bo`lgan direktor maslahatchisi Ulug`bek Davronov, filial profilaktika inspektori katta leytenanti Nusrat Nosirov, professor-o`qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda mamlakatimiz rahbarining bu boradagi farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.
Tadbirga so’zga chiqganlar tomonidan korrupsiya va uning oqibatlari haqida, bu kabi illatga qarshi kurashish har bir shaxsning burchi ekanligi alohida taʼkidlandi.