“Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuni munosabati bilan Toshkent kimyo- texnologiya instituti Shahrisabz filialining “Muhandislik grafikasi” fani o’qituvchisi Xudoyberdiyeva Xulkar tashabbuskorligida ” Biz korrupsiyaga qarshimiz” nomli ijodiy ishlar tanlovi bo’lib o’tdi.
Tanlovda 1-kurs talabalari o’zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi, ularning ishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, munosib deb topilgan nomzodlar taqdirlandi.
Jumladan,
1-o’ringa 19-21 guruh talabasi Sobirov Sarvar:
2-o’ringa 6-21 guruh talabasi Mirzayev Sanjar va
18-21 guruh talabasi Nuriddinova Dinaralar munosib deb topildi.