Biz korrupsiyaga qarshimiz!

Amalga oshirilayotgan jiddiy islohotlar qatorida O‘zbekiston uchun korrupsiyaga qarshi kurashish asosiy ahamiyatga ega vazifalardan biriga aylangan, korrupsiya nafaqat demokratiyaning, umuman har qanday taraqqiyotning kushandasi ekanligi barchamizga ma’lum.

Ayniqsa, Transparency International tashkilotining 2020 yilda e’lon qilgan reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston korrupsiya bo‘yicha 26 ball bilan 183 ta mamlakat orasida 146 o‘rinni egallaganligi achinarli holat.

Shu munosabat bilan, Toshkent kimyo–texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom muhokamasi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbatida filial kengash kotibi J.Mirzayev, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i  D.Temirov, professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Ma’ruzachi tomonidan filial talabalari muhokama qilinayotgan qonun loyihalari bo’yicha, ulardagi korrupsion elementlarning mavjudligi to’g’risida regulation.gov.uz portalida cheklist to‘ldirish orqali o‘z fikr va mulohazalarini bildirishi mumkinligi ma’lum qilindi.Filial yoshlar ittifoqi hamda rasmiy  kanallari orqali so’rovnomalar o’tkazilib, filial kengashida muhokama qilindi.

O’tkazilgan davra suhbatida “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom muhokamasi” mavzusida taqdimot namoyish etildi.

Scroll to Top