Joriy yilning 6-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining ma`naviyat xonasida filial direktori professor Sh.A.Mutalov hamda talabalar, yosh olimlar ishtirokida “Yoshlar orolni asraydi” aksiyasi doirasida “Biz “Orol”ni asraymiz!” mavzusidagi ilmiy-amaliy uchrashuv bo’lib o’tdi.
Direktorimiz Orolbo`yi mintaqasi muammolarini sanab o`tib, biz talaba-yoshlarni may oyida “Moynaq”da bo`lib o`tadigan tadbirda o`z loyihalarimiz bilan faol ishtirok etishimiz kerakligini ta`kidlab o`tdilar.
Uchrashuvda “KT” yo`nalishi 24-21 guruh talabasi Boymatov Sirojiddin Islam o’g’li o’z innovatsion g’oyasi bilan ishtirok etib, Orolbo`yi mintaqasi aholisining yashash tarzini yaxshilash va ekologik muhitni o’z holiga qaytarish hamda aholini ish bilan taminlash kabi muammolar yechimini o`z ilmiy ishida yoritib berishga harakat qildi.
G’oyani to’liq mazmuni shundaki, hurmatli Prezidentimiz tashabbuslari bilan Orolbo`yi mintaqasi o’rnida qazilgan artizan suv qouduqlarini suvini tejagan holda tomchilatib so’g’orish yo’li bilan Qamish va shakarqamish o’simligini ko’paytirish va shu yerda yashaydigan aholini ish bilan taminlash hamda tuzni uchuvchanlik miqdorini mutlaqo yuqotishdan iborat.
Shuningdek, men “Orolbo`yi mintaqasi tuzlaridan mineral og’itlar ishlab chiqarish” g’oyasini ilgari surdim.
Ilmiy-amaliy uchrashuv qizg’in muhokamalarga boy bo`ldi.
“KT yo`nalishi” 14-21 guruh talabasi Abdualimov Nurmurod.