2022-yilning 28-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan davra suhbati bo’lib o’tdi. O’tkazilgan davra suhbatida Qashqadaryo viloyati Mehnatni muhofaza qilish Davlat inspeksiyasi inspektori Baratov Abdusalom Karimovich hamda filial professor-o’qituvchilari, ishchi xodimlari jamoasi ishtirok etdi.
Davra suhbatini filial o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari B.Sirojov kirish so’zi bilan ochib berdi.
Davlat inspeksiyasi inspektori Abdusalom Baratov filial jamoasiga ushbu sana munosabati bilan amalga oshiriladigan tadbirlar, mehnat jamoalarida mehnatni muhofaza qilish xizmatining ahamiyati, mehnatni muhofaza qilish qonunlari, ish vaqtida, ishdan tashqarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan jarohatlar va shikastlanishlar, bu holatlardan mehnat jamoasi a’zolarini himoya qilish va sug’urtalash tartiblari haqida bayon qildi.
Davra suhbati davomida filial mehnatni muhofaza qilish muhandisi Ruslan Shoyimov va kasaba qo’mitasi raishi Sunnat Niyozovlar tomonidan Mehnat qonunchili va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo’yicha taqdimot namoyish qilindi.