Kuni kecha TKTI Shahrisabz filialida Xotin-qizlar masalalari bo’yicha direktor maslahatchisi A.U.Berdiyeva hamda Xotin-qizlar masalalari bo`yicha dekan maslahatchisi N.B.Shapsanova tomonidan bo`lib o`tgan yig`ilish “Buvijonim ma`rifati va o`gitlari “ mavzusiga bag`ishlandi.

Yig’ilishda Shahrisabz shahar “Oqila ayollar” harakati rahbari, shahar kengashi deputati R.Ishaliyeva, Shahrisabz shahar “Buvijonlar maktabi” rahbari T.Oripova, mehnat faxriylari N.Rustamova va O.Obidova hamda filial talaba-qizlari ishtirok etishdi.

Yig’ilishda qizlarimizni milliy urf-odatlarimizga yondoshgan holda talabaga xos kiyinishi, soch turmaklariga e’tibor qaratishi, talaba qiz sifatida o’zini tutishi, odob-axloq qoidalariga rioya etishlari, ilmu-ma`rifatda peshqadam bo`lishlari lozimligi tushuntirildi.


Qizlarimizning kelajakda bir oilaning yetuk bekasi sifatida shakllanishi, bir avlodning tarbiyachisini tarbiyalayotganimizni ma’sulyat bilan tan olishimiz va bunga to’liq e’tiborli bo’lishimiz zarur ekanligi muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.


Shuningdek, Yangilanayotgan Konstitutsiya haqida ma’lumot berildi va Referendumda faol ishtirok etishga chorlandi.
