E’lonlar

“Tevaboshi ” MChJ vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 16-mart sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Talabalarni kelgusidagi kasbiy faoliyatga yo’naltirish bo’yicha sohaning yetakchi ish beruvchi korxona vakillari bilan navbatdagi davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida “Tevaboshi ” Sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi mutaxassisi X.Ergashev, muxandis Z.Xamrayev, hisobchi F.Raxmatova, professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi. Davra suhbatini fakultet dekani X.Sh.Tilovov kirish so’zi bilan …

“Tevaboshi ” MChJ vakillari bilan uchrashuv Read More »

“Navro`z kubogi” sport musobaqasi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida 15-16 mart kunlari filial talabalari o’rtasida “Muassasa birinchiligi” shiori ostida sportning Futbol turi bo’yicha “Navro`z  kubogi” sport musobaqasi o’tkazildi. Musobaqa filal  tyutorlari hamda jismoniy tarbiya va sport murabbiylari hamkorligida tashkil etilib, filialning barcha yo`nalishlar terma jamoalari bahslashishdi. 1-O`rin TJA yo`nalish talabalari 2-O`rin TMJ yo`nalish  talabalari 3-O`rin VT va MSM talabalari g`oliblikni qo`lga kiritishdi. G`olib …

“Navro`z kubogi” sport musobaqasi Read More »

Navro’z haqida

Uch ming yildan buyon har yili 21 mart sanasida Yaqin va O‘rta sharq xalqlari Navro‘z bayramini nishonlab keladi. Xususan, O‘zbekistonda ham bu bayram o‘z ahamiyati jihatidan eng yirik bayramlardan biri hisoblanadi. Shu kunda butun Respublikada xalq sayllari, turli konsertlar, milliy o‘yinlar tashkil etiladi. Bu bayramning o‘ziga xos bo‘lgan taomi hisoblanmish sumalak tayyorlanadi. Xo‘sh, bayramni nishonlashni …

Navro’z haqida Read More »

Millat sofligini ta’minlaylik!

Shahrisabz davlat pedagogika instituti faollar zalida shahar xotin-qizlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Toshkent kimyo- texnologiya instituti Shahrisabz filiali filial Xotin-qizlar masalalari bo`yicha direktor maslahatchisi A.Berdiyeva ishtirok etdi. Unda Shahrisabz shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Muxayyo Almirzayeva shahar xotin-qizlariga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirdi. Murojaatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-81 sonli farmoni ijrosini ta’minlash, xotin-qizlarni …

Millat sofligini ta’minlaylik! Read More »

Rektor va yoshlar uchrashuvi

Joriy yilning 14-mart sanasida direktorimiz Sh.A.Mutalov va filialimizning tashabbuskor talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda talaba- yoshlarning bugungi kundagi mavjud muammolari, fikr-mulohazalarini o‘rganish, ularni ijobiy hal qilish masalalari birgalikda muhokama qilindi. “Siz talaba-yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, islohotlarni amalga oshirishda yetakchi drayverlariga aylantirish, faol fuqarolik pozisiyaga ega bo‘lishingizda barcha sharoitlarni yaratish bu bizning oldimizdagi ulkan …

Rektor va yoshlar uchrashuvi Read More »

Ogohlikka da`vat! «Redan» harakati haqida bilasizmi?

“Ijtimoiy tarmoqlar” orqali axborot xuruji avj olmoqda. Turli oqimlarning paydo bo‘lishi ortidan g‘arazli niyatdagi shaxslar bu oqimlarni boshqarishga, buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib qilishga, aholi orasida adovat va vahima uyg‘otishga harakat qilmoqda. So‘nggi kunlarda bir nechta davlatlarda avj olgan ushbu harakat o‘smirlar ongiga ta’sir o‘tkazish yo‘li bilan ulardan foydalanib, vaziyatni beqarorlashtirishni maqsad qilib olgan. “Redan” harakatini o‘rganish …

Ogohlikka da`vat! «Redan» harakati haqida bilasizmi? Read More »

Samarqandga sayohat

Talabalarda vatanga muhabbat, mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirib o‘stirishda professor-o‘qituvchilarning mahorati muhim omillardan biridir. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali professor-o‘qituvchilari, tyutorlari o’z pedagogik mahoratini namoyon etish maqsadida turli xil metodik yangiliklar qilishmoqda. Jumladan, filial tyutori R.Bozorov tomonidan TMJ yo`nalishi 10-22 giruh talabalari bilan  “Temur va temuriylar davri madaniyati” mavzusida Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. Ular Samarqand shahridagi tarixiy obidalariga borib, u …

Samarqandga sayohat Read More »

“Donning namlik miqdorini aniqlash”

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasining “Don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi” fani o`qituvchilari M.Tadjiyeva hamda F.Qobilov tomonidan OOT yo`nalishi 16-20, 17-20-guruh talabalari uchun navbatdagi namunali laboratoriya mashg`uloti tashkil etildi. Dars davomida talabalar “Donning namlik miqdorini aniqlash” mavzusi yuzasidan bajariladigan barcha tahlil jarayonlarni guvohi bo`ldilar. Ushbu laboratoriya mashg`uloti talabalarga manzur bo‘ldi.