Yangiliklar

Balli qizlar-2020

2020-йил 7-март куни Тошкент кимё-технология институти Шаҳрисабз филиали тадбирлар залида 8 март Халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан “Қизлар давраси -2020” номли кўрик-танлов ташкил этилди. Танловда филиалнинг иқтидорли қизлари табрик,, таништирув, моҳир қўллар, онани мадҳ этиш ва эркин мавзу шартлари бўйича беллашдилар. Байрам дастурни юқори савияда ўтишига филиал Хотин-қизлар қўмитаси раиси Моҳигул Азимова, кимё фани ўқитувчиси Феруза   Бобоқулова, кимё лаборанти Муқаддам Бердиева ва филиал Ёшлар Иттифоқи етакчиси Тўраева Умидалар ўз ҳиссаларини қўшдилар. Танлов натижаларига кўра: “Энг пазанда қиз” номинацияси бўйича Нилуфар Абдуғаниева, “Энг ҳунарманд қиз” номинацияси бўйича Севара Чориева, “Энг зукко қиз” номинацияси бўйича Нозима Оллоберганова ғолиб бўлдилар. Шунингдек, 3-ўрин Шахноза Гуллиевага, 2-ўрин Холисхон Эшмўминовага ва кўрик танлов бош соврини Ирода Қаландаровага насиб этди. Тадбир якунида 2-19 гуруҳи талабалари жамоаси билимдонлар ҳафталиги доирасида ўтказилган “Заковат” интеллектуал ўйинининг ғолиби деб топилди ва филиал Ёшлар Иттифоқи томонидан ажратилган қадимий ва навқирон Самарқанд шаҳрига 1кунлик саёҳат “Йўлланма”сига эга бўлишди. 

TKTI Shahrisabz filiali direktorining xotin-qizlarga 8-mart tabrigi

Tabiat chiroy ochib borayotgan mana shu bahor kunlarida  Aziz onalarimizni, ayollarimizni, opa-singil, hamkasblarimizni va barcha ayol, qiz talabalarimizni hotin-qizlar bayrami bilan samimiy tabriklaymiz. Sir emaski ayol zotining tengsiz latofat va nafosat sohibasi ekanligi, ezgulik va fidoiylik ramzi, honadonlarimizning farishtasi ekanligini qalbimizning tub-tubidan his etamiz. Bahtimizga hamisha omon bo`lib, doim yaqinlaringizning e`tiborida bo`lib yuring, Aziz AYOLLAR!!! TKTI Shahrisabz filiali rahbariyati

Koʼchat ekib yashnatamiz

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali hududida ham “ECOLOGY DAY“ loyihasini ijrosini tashkil etish munosabati bilan tashabbuskor professor—oʼqituvchilarimiz va talaba-yoshlarimiz xasharni boshlab yuborishdi. Joriy yilning 22 fevral kuni filialimiz hududlarini obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish maqsadida, filial hududi tozalandi va namunaviy tarzda turli mevali koʼchatlar ekildi. 23 fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya institut dan tashrif buyurgan delegatsiya aʼzolari ham bu ishda oʼz hissalarini qoʼshib, TKTI Shahrisabz filiali direktori professor Sh.А.Mutalov boshchiligida oʼnlab mevali daraxt koʼchatlarini oʼtkazish ishlarini amalga oshirishdi.

Iqtidorli talabalarni taqdirlash

“Biz siz yoshlarga bilim va kasb hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el yurt taqdiriga daxldorlik tuygʼusi bilan yashaydigan, aziz yoshlarimiz maydonga dadil chiqib, bugungi kunda hayotning oʼzi oldimizga qoʼyayotgan vazifalarni hal etishga qodirsiz deb ishonamiz” Shavkat Mirziyoev Iqtidorli yoshlar – Oʼzbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti hamda uning jahon hamjamiyatida munosib oʼrin egallashini taʼminlovchi muhim omil va millat ziynatidir. Talabalarni ilm bilan shugʼullanishi mustaqil mamlakatimizning rivojlanishida va ilm salohiyatini mukammal egallashida asosiy omillardan hisoblanadi. Аna shu borada amalga oshirilayotgan ishlarning debochasi sifatida erta tongdan talabalarimiz uchun sovgʼa tayyorlandi. Filialimiz direktori prof. Sh.А.Mutalov iqtidorli, aʼlochi, faol, izlanuvchan, kitobsevar 12 nafar talabalar uchun badiiy kitoblar toʼplamini sovgʼa qildilar. Talabalarni bundan keyingi faoliyatlariga oʼlkan muvaffaqiyatlar tiladilar.  Iqtidorli talabalarimiz safi kengayaversin. Unutmang! Siz Koʼhna Kesh zaminining porloq kelajagisiz!

“Eng kitobxon oliygoh” tanlovi yarmarkasi

Maʼlumki 2017 yil 12 yanvarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʼibot qilish boʼyicha komissiya tuzish toʼgʼrisida”gi farmoyishi qabul qilingan edi. Shu munosabat bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida ”Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan 5tashabbus” ning toʼrtinchi yoʼnalishi “yoshlar maʼnaviyatini rivojlantirish va ular oʼrtasida kitobxonlikni targʼib etish boʼyicha tizimli ishlarni tashkil etish” ishlarini amalga oshirish maqsadida 21 fevral kuni “Qashqadaryo koʼzgusi nashriyoti va kitob savdosi media markazi” UK (Unitar Korxonasi) tomonidan “Eng kitobxon oliygoh” tanlovi tashkil etildi. Mazkur tanlov yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga qiziqishlarini oshirish, shuningdek ularda turli diniy oqimlar, terrorizm, diniy ekstremizm va boshqa xalqimizga yot gʼoyalarga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida oʼtkazildi. Tanlov doirasida kitob savdosi yarmarkasida oʼzbek va jahon adabiyoti namoyandalari durdonalari, chet el yozuvchilarining detektiv va badiiy asarlari hamda yoshlarimiz uchun zarur adabiyotlar sotuvga qoʼyildi, har bir kitob olgan professor-oʼqituvchi, talaba va guruh qayd etib borildi. 

“Ekstremizm va terrorizm – Yoshlar kelajagiga tahdid”

Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev oʼtgan yil sentyabr oyida BMT Bosh Аssambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida “Bizning asosiy vazifamiz-yoshlarning oʼz salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zoʼravonlik gʼoyasi “virusi” tarqalishining oldini olishdir”,- deya taʼkidlab oʼtgandi. Shu maʼnoda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatlarga BMTning Yoshlar huquqlari toʼgʼrisidagi xalqaro konventsiyasini ishlab chiqish hamda BMT Bosh Аssambleyasining “Maʼrifat va diniy bagʼrikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklif etildi. Oʼzbekistonning ushbu siyosiy yoʼli musulmon olami uchun muhim va mutlaqo yangi yoʼnalish – “maʼrifatli islom” gʼoyasiga asos soladi. Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qoʼshish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat va jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi boʼlishidan qatʼiy nazar, eng asosiy vazifalaridan boʼlib qolmogʼi lozim. Joriy yilning 19 fevral kuni TKTI Shahrisabz filialida “Ekstremizm va terrorizm – Yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusidagi targʼibot tadbiri boʼlib oʼtdi. Mazkur tadbirda Respublika maʼnaviyat-maʼrifat markazi Shahrisabz shahar boʼlimi rahbari Sherzod Sultonov, Shahrisabz shahar hokimligi huzuridagi matbuot kotibi Gulnora Uzoqova, Shahrisabz shahar hokimligi huzuridagi bosh Imom Xatib Fazliddin Muxtorov, Shahrisabz shahar IIB xotin-qizlar boʼyicha katta inspektor Hilola Kamolova, Shahrisabz shahar oila ilmiy-amaliy markazi rahbari Rohila Eshalieva, Shahrisabz shahar Mahalliy kengashi deputati Yorov Dilshod hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Тadbirda yoshlarga diniy ekstremizm, terrorizm, odam savdosi illatlari va ularning salbiy oqibatlari haqida yoshlarga keng tushunchalar berildi. “Missionerlik, aqidaparastlik, yot gʼoyalarga qarshi kurash immunitetini shakllantirish” mavzularida pedagog xodimlar va talabalar ishtirokida qizgʼin bahs va munozaralar yuritildi.

Sogʼlom millat-sogʼlom kelajak

Joriy yilning 1 fevralidan 1mart sanasiga qadar respublikamizda “Sogʼlom turmush madaniyati oyligi” eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan 13 fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlardan tuzilgan jamoalar oʼrtasida“Sogʼlom millat-sogʼlom kelajak” shiori ostida sport musobaqasi boʼlib oʼtdi. Jumladan: shaxmat-shashka, basketbol, valeybol, tennis kabi sportning bir necha turlari boʼyicha bellashishdi.Unda jami 32 kishi ishtirok etishdi. Gʼolib jamoalar munosib taqdirlandilar. Haftaning har payshanba kunini “Sogʼlomlashtirish kuni “ deb eʼlon qilindi.

“Navoiyxonlik va Boburxonlik” kechasi

Joriy yilning 14 fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida buyuk bobokalonimiz, sheʼriyat osmonining porloq quyoshi, xalq homiysi, davlat arbobi va buyuk shoir Mir Аlisher Navoiyning 579 yilligi hamda temuriylar avlodining isteʼdodli vakili, atoqli shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining 537 yilligini nishonlash uchun tarix fani oʼqituvchisi N.Shapsanova, filial Yoshlar Ittifoqi yetakchisi U.Toʼraeva, isteʼdodli talaba yoshlar tomonidan tayyorlangan “Navoiyxonlik va Boburxonlik” kechasi oʼtkazildi. Unda filial rahbariyati xodimlari, professor-oʼqituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. Kechani TKTI Shahrisabz filiali oʼquv va tarbiyaviy ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosari B.Sirojov kirish soʼzi bilan ochib berdilar. Kecha davomida Mir Аlisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid sahna koʼrinishlari, shoirlarning qalami ila yozilgan gʼazallardan namunalar keltirildi, dilrabo kuy va qoʼshiqlar ijro etildi. Oʼzining boy adabiy merosi bilan dunyo maʼnaviyati va madaniyatiga ulkan hissa qoʼshgan, buyuk allomalarimizni adabiy merosini chuqur oʼrganish va unga amal qilish barchamizning muqaddas vazifamizdir. Kecha yakunida beshta muhim tashabbus doirasida oʼtkazilgan “Talabalar shaxmat taxtasi” musobaqasi sovrindorlari filial rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar.

Talabalar shaxmat taxtasi

Joriy yilning 13 fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida talaba-yoshlar oʼrtasida 5ta muhim tashabbus doirasida “Talabalar shaxmat taxtasi” musobaqasi boʼlib oʼtdi. Unda barcha guruhlardan bilimdon talabalar ishtirok etishdi. Musobaqa juda qiziqarli oʼtdi. Musobaqa yakunida 5-19 guruhidan Qudratov Isroil va 1-19 guruhidan Muhammadiev Muhammadali III oʼrinni, 3-19 guruhidan Toʼraev Аkobir II oʼrinni, 2-19 guruhidan Iskandarov Doston faxrli I oʼrinni qoʼlga kiritishdi.

Sog’lom turmush madaniyati oyligi

Bugun mamlakatimiz miqyosida keng jamoatchilikning tibbiy madaniyatini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlar orasida sihat-salomatlikdek bebaho boylikni asrab-avaylash lozimligi keng targʼib etilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Zero sogʼlom turmush tarziga amal qilish, salomatligimizni oʼz vaqtida qadrlash bilan koʼplab ogʼir xastaliklarning oldini olishga muvaffaq boʼlishimiz mumkin. Joriy yilning 1 fevralidan 1mart sanasiga qadar respublikamizda “Sogʼlom turmush madaniyati oyligi” eʼlon qilinganligi ham shu yoʼldagi  amaliy saʼy-harakatlar sirasidandir. Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 1043-sonli buyrugʼining 1-ilovasidagi Nazorat rejasini 21-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida oylikda belgilangan tadbirlarni hamkor tashkilotlar bilan samarali tashkil qilib oʼtkazish rejalari tuzib chiqildi va rejaga muvofiq birinchi musobaqa oʼtkazildi. 3 fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida filial professor-oʼqituvchilaridan va talabalaridan tuzilgan jamoalar, Namaton MFY, Pisandi MFY va Ipak yoʼli MFY jamoalari oʼrtasida voleybol musobaqasi oʼtkazildi. Qizgʼin va murosasiz kechgan bahslarda filial talaba-yoshlari jamoasi gʼoliblikni qoʼlga kiritishdi. Ipak yoʼli MFY jamoasi ikkinchi oʼrinni, Pisandi MFY jamoalari uchinchi oʼrinni egalladilar. Gʼolib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandilar.

Scroll to Top