“Davlat tilida ish yuritishda uslubiy va imloviy xatolar” mavzusidagi o‘quv-seminar

Shahrisabz Axborot-kutubxona markazida shahar hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Axmedova hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali “Sirtqi bo`lim” boshlig‘i, davlat tilida ish yuritish fani o‘qituvchisi Sh.Rahmonovalar tashabbusi bilan “Davlat tilida ish yuritishda uslubiy va imloviy xatolar” mavzusida o‘quv-seminar tashkil qilindi.

Unda shahardagi korxona, tashkilot va muassasalarning ish yuritish hujjatlari bilan ishlovchi mutaxassislari, xususan, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda umumiy bo‘lim mutaxassislari qatnashdilar.

Ma’ruzachilar ish yuritish hujjatlarida yo‘l qo‘yilayotgan uslubiy, orfografik va imloviy xatolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida fikr yuritdilar.

O‘quv-seminarda Qashqadaryo viloyati hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z.Aminova ishtirok etib, seminar doirasida o‘z mulohaza va takliflarini bildirdi.

Scroll to Top