TKTI Shahrisabz filialida Amerika IDAHO universiteti professor-óqituvchisi Gulxan Unlu xonim, filial professor-óqituvchilari, iqtidorli talabalardan tuzilgan jamoa bilan birgalikda “Xorijda bakalavriat bosqichida óqish, xorijda ta’lim olishga yónaltirilgan dasturlar, ta’lim grantlari “mavzusida davra suhbati bólib ótdi.

Suhbat davomida Gulxan Unlu xonim talabalarga ózi faoliyat yuritayotgan IDAHO universiteti, ta’lim yónalishlari, ozining ilmiy tadqiqotlari tóġrisida ma’lumotlar berdi.

Suhbat davomida iqtidorli talabalar ózlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Gulxan Unlu xonim filial talabalari juda ham bilimli, tirishqoq, intiluvchan yoshlar ekanligini aytib, ótkazilayotgan laboratoriya masġulotlarida faol ishtirok etib, yaqindan yordam berayotganliklari uchun filial talabalariga ôz minnatdorchiligini bildirdi.

Cheksiz hurmat belgisi sifatida esdalik suratlarga tushdilar.
Davra suhbati qatnashchilarda chuqur taassurot qoldirdi.
