2022-yilning 14-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida talabalarni kelgusidagi kasbiy faoliyatga yo‘naltirish bo‘yicha sohaning ish beruvchi korxonalariga sayohatni tashkil etish rejasi asosida “Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyatiga tashrifi amalga oshirildi.
“Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyatiga filialning Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish (TJA), Kimyoviy texnologiya (KT) va Texnologik mashina jihozlari (TMJ) yo’nalishlari talabalari tanishuv tashrifini amalga oshirgan bo’lsalar, filialning maxsus fan o’qituvchiari Navro’zbek Qaxxorov, Baxodir Xolmurodov, Navruz Nurolliyev, Behzod Saidov, Srojiddin Kengboyev va Davron Tursunovlar ularga hamrohlik qildilar.
Tashrifdan maqsad, o’zaro hamkorlikni rivojlantirish, malakali mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat edi. Tashrif davomida filial talabalari va o’qituvchilariga “Dehqonobod kaliyli o’g’itlar zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyat bosh texnologi Sh.M.Xolmurotov, sex boshlig’i B.M.Xoliqov, yetakchi muhandisi J.A.Nurboyevlar hamrohlik qildilar va korxonaning ma’muriy-boshqaruv binosi, ishlab chiqarish sexlari va laboratoriyasi bilan, u yerlarda amalga oshiriladigan jarayonlar bilan tanishtirdilar.
Ushbu tashrif talabalarimiz uchun ajoyib amaliyot safari bo‘ldi.