“Dehqonobod kaliy zavodi” vakillari bilan uchrashuv
Joriy yilning 31-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida тalabalarni kelgusidagi kasbiy faoliyatga yo’naltirish bo’yicha sohaning navbatdagi yetakchi ish beruvchi korxona vakillari bilan navbatdagi davra suhbati bo’lib o’tdi.
Davra suhbatida “Dehqonobod kaliy zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati sex boshlig`i o`rinbosari Jonibek Nurboyev,
bosh metrolog Ixtiyor Abdullayev, nazorat o`lchov asboblari va avtomatlashtirish bo`limi muhandisi Xumoyun Tojimurodov,
filial o`quv bo`limi boshlig`i Obidjon Maxmudov, filialning “Kimyoviy texnologiyalar”, “Texnologik mashinalar va jihozlar”, “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdilar.
Davra suhbatini filial o`quv bo`limi boshlig`i O.Maxmudov kirish so’zi bilan ochib berdi va ushbu tashkil etilayotgan davra suhbatlarining filialda ta’lim olayotgan talabalarning kelgusidagi kasbiy faoliyatlarini belgilashda ahamiyati katta ekanligini ta’kidladi.
J.Nurboyev zavodning qisqacha tarixi, bugungi kundagi faoliyati, uning quvvati, jihozlari, korxona laboratoriyasida olib borilayotgan jarayonlar to’g’risida birma-bir so’zlab berdi.
Korxonada texnologik jihozlar va uskunalar muttasil yangilanib borilayotganligi, korxona yosh, bilimli kadrlar bilan boyitib borilayotganligi, yosh avlod vakillari sifatida filial talabalari ham o’qishni bitirgandan so’ng shu va shunga o’xshash korxonalarda mehnat faoliyatini davom ettirishlari mumkinligi ta’kidlandi.
Davra suhbati yakunida korxona vakillariga va suhbat tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirildi.