Joriy yilning 29-mart kuni TKTI Shahrisabz filialida “Internetdan foydalanish odoblari” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda “Xoja Buxoriy” nomidagi oʼrta maxsus islom bilim yurtining tafsir fani oʼqituvchisi Maxsumov Maqsud, Shahrisabz shahar bosh imom xatibi Muxtorov Fazliddin domla, Shahrisabz shahar IIB terrorizm boʼlimi boshligʼi Toshev Toxir, filial professor-oʼqituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirni TKTI Shahrisabz filiali direktori prof. Sh.А.Mutalov kirish soʼzi bilan ochib, talaba yoshlarga murojaat qilar ekanlar, bugungi kun yoshlarining qay darajada bilimli va vatanimiz kelajagi uchun oʼzining yaxshi xulqi, bilimi, oʼz kasbining mohir ustasi boʼlib yetishishi lozimligini, shuningdek doimo ogoh boʼlgan holda yurtimizning tinchligi uchun masʼul ekanligimizni taʼkidlab oʼtdilar.
Uchrashuvda yoshlarga diniy ekstremizm, terrorizm va ularning salbiy oqibatlari haqida keng tushunchalar berildi.
Аlbatta, inson har bir narsada boʼlgani kabi, internetdan foydalanishda ham faqat yaxshilikni niyat qilishi lozimligi va shundagina bu ishidan foyda topishi, koʼzlagan maqsadiga erishishi mumkinligini, internetga kirishdan oldin vaqtni zoe qilmaslik uchun umrning har lahzasi hisobli ekanini esga olish zarurligi taʼkidlandi. “Missionerlik, aqidaparastlik, yot gʼoyalarga qarshi kurash immunitetini shakllantirish” mavzularida pedagog xodimlar va talabalar ishtirokida qizgʼin bahs va munozaralar yuritildi.