Joriy yilning 15-may sanasida Andijon mashinasozlik institutining professor-o`qituvchilari hamda iqtidorli, faol talabalaridan iborat 60 nafar a`zosi Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filialiga tashrif buyurishdi.
Tashrifdan maqsad, OTMlar o`rtasida o`zaro manfaatli hamkorlikni yo`lga qo`yishdan iborat.
Mehmonlar ko`tarinki kayfiyatda tantanali kutib olindi va “Do`stlik kuni” shiori ostidagi tadbir tashkil etildi.
Tadbirni filialimiz direktori professor Sh.A.Mutalov ochib berdilar.
. Mehmonlarni filialimiz bilan yaqindan tanishtirish uchun 3 guruhga bo`lib olindi va mas`ullar – O.Sa`dullayev, E.Rahmonov hamda Sh.Uzoqovalarga biriktirildi. Ular kimyo laboratoriyasi xonalari, IT park, ARM xonalari bilan yaqindan tanishishda ko`maklashishdi.
Kunning ikkinchi yarmida talabalar o`rtasida sportning “shaxmat va shashka”, “stol tennisi”, “basketbol”, “mini futbol” kabi o`rtoqlik uchrashuvlari tashkil etildi.
Shuningdek, Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filiali va Andijon mashinasozlik instituti o`rtasida o`zaro manfaatli hamkorlikni yo`lga qo`yish istagida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tadbirning yakunlovchi bosqichida faollar zalida g`oliblar filialimiz direktori tomonidan taqdirlandilar va filial Yoshlar ittifoqi yetakchisi A.To`raboyev mas`ulligida “Amir Temur” hiyoboniga sayohat qildilar.
OTMlar o`rtasida bo`lib o`tgan “Do`stlik kuni” unutilmas lahzalarga boy bo`ldi.