Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Ekstrimizm va terrorizm yoshlar kelajagiga tahdid ” mavzudagi tadbir bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda so’zga chiqqsnlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lishi kabilar to‘g‘risida fikr va mulohazalarni bildirib, Islom dini insoniyat, jamiyatimizda faqatgina mehr-muhabbat, do‘stlik, ezgu ishlarni amalga oshirishga da’vat etuvchi yagona din ekanligini, bugungi kunda tinch va osuda osmon ostida yashab, bilim olayotganimiz uchun doimo shukronalik hissi xech birimizni tark etmasligi lozimligini ta’kidlab o‘tdilar.