E’lon

⚡️Hurmatli aziz talabalarimiz!

Bizning jamoa o‘z oldiga zamonaviy bilimlarni egallab, sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishini hamda jonajon Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni niyat qilgan intiluvchan yoshlarga o‘z maqsadlariga yetishishida ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi va bor imkoniyatlarini safarbar etadi.

🔰 Hozirgi kunda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida kunduzgi (1031 nafar) va sirtqi (936 nafar) ta’lim shakllari bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida jami1967 nafar talabalarimiz ta’lim olmoqda va joriy yilning 24-yanvar kunidan boshlab onlayn shaklda o‘quv jarayonlari boshlandi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ishchi o‘quv rejalariga muvofiq, 2-kurs talabalarda o‘quv soatlari bo‘yicha darslar olib borilmoqda. 1-kurs talabalariga yakuniy nazorat haftaligi munosabati bilan fanlardan yakuniy nazoratlarni onlayn testlar ko‘rinishida topshirishlari belgilangan. Masofaviy ta’lim platformasini ishchi holatga keltirilib, uni kontent bilan boyitish (fan bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar, internet resurslariga havola, mustaqil o‘rganish uchun materiallar, fanni mazmunidan kelib chiqib video roliklar, mavzular kesimida audiovizual materiallar va video maruzalar, talabalar o‘rgangan nazariy bilimlarini tekshirish uchun test sinovlaribo‘yicha tashkiliy vazifalar ishlari olib borilmoqda.

Talabalar uchun telegram ijtimoiy tarmog‘i faol ishlab turibdi. Masofaviy ta’lim jarayonlarida talabalar ishtirokini, fanlarni o’zlashtirishini doimiy monitoring qilib borish, internetdan foydalanish imkoniyati yo‘q talabalar uchun ta’limni mustaqil ish shaklida (bunda dars boshlanishidan oldin mustaqil ishlar hajmi, kerakli resurs va adabiyotlarni elektron tashuvchi vositalar orqali talabalarga yetkazish hamda tegishli metodik yordam ko‘rsatish) tashkil etish yuzasidan salmoqli ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, masofaviy ta’lim platformasining uzluksiz ishlashi nazoratga olinib, talabalarning elektron resurslardan uzluksiz foydalanish imkoniyatlari yaratilgan. Filial professor-o’qituvchilari tomonidan beriladigan vazifalar Moodle hamda https://hemis.stict.uz/ platformasida joylashtirilib, talabalar baholanib borilmoqda. Talabalar hemis tizimidan https://student.stict.uz/ login platformasi orqali barcha berilgan topshiriqlarini o’z vaqtida bajarib,mustaqil ta’limga jiddiy yondashishingizni so’raymiz.

⚡️ Muhtaram kelajagimiz yoshlari!

Onlayn o‘qish jarayonlarini ijtimoiy tarmoq orqali onlayn kuzatib borishingizni so‘raymiz. Unutmang, Sizning kelajagingiz biz uchun muhim. Shunday ekan, bir daqiqa ham bilim olish va o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang. Sizga ushbu sinovli damlarda sog’lik va tugallanmas shijoat tilaymiz.

♻️Hurmat bilan, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali professor-o’qituvchilar jamoasi.

Scroll to Top