Eng faol kitobxon talaba

Kitob jonsiz, ammo sodiq do’stmizdir. Zero: Kitob xazina, bilimlar boyligidir. Biz bilamizki muallif yaxshi yoza bilgan kitoblarni o’qib borar ekanmiz yaxshi gapirishni ham odat qilib olamiz. Odamlar ikki toifaga, xususan: Kitob o’qiydiganlar va kitob o’qiydiganlarning og’ziga qarab yuradiganlarga bo’linadi . Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek: Kitob o’qishni odat qilgan shaxslar televizor ekranidan nari ketmaydigan kishilarni o’ntasini boshqara oladi. Kitob kinodan afzaldir. Sababi, kishi tasavvurining ko’lami filmdagi taa’ssurotga ega kadrlar soni kabi cheklanmaydi. Yaqin do’stingiz bo’lgan kitoblarga ishoning. Zero kitoblar odatda sukut saqlab fursati yetganda jamiki olam haqida batafsil so’zlab beradi.

Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi sovrini uchun viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Eng faol kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali bosqichi o’tkazildi.

Tanlov ishtirokchilari quyidagi asarlar asosida bilimlarini sinashdi:

1. Temur tuzuklari

2. Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror”

3. Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”

4. Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar”

5. Asqad Muxtor “Chinor”

6. Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo”

7. Alber Kamyu “Begona”

8. Rasul Hamzatov “Mening Dog‘istonim”

9. Onore de Balzak “Sag‘ri teri tilsimi”

10. Chingiz Aytmatov “Asrga tatigulik kun”

Tanlovda ishtirokchilar 2 shart asosida bellashishdi:

– tezkor savol-javob;

– parcha olingan asar nomini topish va sharhlash.

Tanlov yakunida eng yuqori ball bilan 1-bosqich talabasi Shodmonova Surayyo 1-o’rinni egalladi va tanlovning viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Tanlovda faol ishtirok etgan barcha talabalar estalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Ilm cho‘qqilarini zabt etish istagida bo‘lgan talabalar!

O‘z bilimingizni namoyish etishdan charchamang.

Scroll to Top