“Eng kitobxon oliygoh” tanlovi yarmarkasi

Maʼlumki 2017 yil 12 yanvarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʼibot qilish boʼyicha komissiya tuzish toʼgʼrisida”gi farmoyishi qabul qilingan edi. Shu munosabat bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida ”Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan 5tashabbus” ning toʼrtinchi yoʼnalishi “yoshlar maʼnaviyatini rivojlantirish va ular oʼrtasida kitobxonlikni targʼib etish boʼyicha tizimli ishlarni tashkil etish” ishlarini amalga oshirish maqsadida 21 fevral kuni “Qashqadaryo koʼzgusi nashriyoti va kitob savdosi media markazi” UK (Unitar Korxonasi) tomonidan “Eng kitobxon oliygoh” tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tanlov yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga qiziqishlarini oshirish, shuningdek ularda turli diniy oqimlar, terrorizm, diniy ekstremizm va boshqa xalqimizga yot gʼoyalarga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida oʼtkazildi.

Tanlov doirasida kitob savdosi yarmarkasida oʼzbek va jahon adabiyoti namoyandalari durdonalari, chet el yozuvchilarining detektiv va badiiy asarlari hamda yoshlarimiz uchun zarur adabiyotlar sotuvga qoʼyildi, har bir kitob olgan professor-oʼqituvchi, talaba va guruh qayd etib borildi. 

Scroll to Top