Joriy yilning 18-19-aprel kunlari Toshkent kimyo- texnologiya instituti Shahrisabz filialida Axborot Resurslari Markazi xodimlari hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan filial talabalari o’rtasida “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.

Unda filial professor-o’qituvchilari, talaba-yoshlar va faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.
Tadbirda mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar va islohotlarni keng jadal sur’atlar bilan amalga oshirish, shuningdek, ma’naviy tarbiya masalalariga alohida e’tibor berish ya’ni, nafaqat sog’lom balki, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga alohida to’xtalib o’tildi.

Tanlov shartlari:
1-shart. Bunda tanlov ishtirokchilari o’rtasida 50 ta savoldan iborat test.
2-shart. Annotatsiya mahorati sharti
3-shart. Kitobxonlik mutolaa madaniyatini keng targ’ib qilish.
Tanlov natijasiga ko`ra:
15-21 guruh talabasi Irgasheva Maftuna – I o’rinni,
20-21 guruh talabasi Bolliyeva Sevinch – II o’rinni,
2-21 guruh talabasi Hasanov Saidaxror – III o’rinni egallashdi.


Tadbir xushkayfiat va talaba-yoshlarning esda qolarli ta’ssurotlari bilan yakunlandi.

“Eng yaxshi kitobxon talaba” ko’rik tanlovida hakamlar hay`ati tomonidan I o’ringa loyiq deb topilgan 15-21 guruh talabasi Irgasheva Maftuna Qarshi shahrida bo`lib o`tadigan tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etishiga tavsiya etildi.
