“ENG YAXSHI KITOBXON TALABA” tanlovi

30-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish, ularning badiiy savodxonligini yanada oshirish va mutolaa muhitini shakllantirish maqsadida “EHG YOSH KITOBXON TALABA” tanlovi o’tkazildi. 

Mazkur tanlovda ishtirokchilar «Tanishtiruv», «Asarning mazmun-mohiyatini yoritib berish», «Bahru-bayt » hamda «Erkin mavzu» kabi 4ta shart bo‘yicha bellashishdi.

Hakamlar hay’ati ishtirokchilarni baholashda ularning belgilangan kitoblar:

– Asqad Muxtorning “CHINOR” romani;

-O’tkir Hoshimovning “DUNYONING ISHLARI” asari;

– Pirimqul Qodirovning “YULDUZLI TUNLAR” romani;

– Abdulla Qodiriyning “O’TKAN KUNLAR” romani;

-Chingiz Aytmatovning “ASRGA TA’TIGULIK KUN” romanlarini o‘qigani, asarning mazmun-mohiyatini tushungani va uni tahlil qilib bera olish qobiliyatiga qarab baholab borishdi

Tanlovda faxrli 1-o’rinni 12-20 guruh talabasi -Miraxmatova Gulnoz, , 2-o’rinni 20-20 guruh talabasi –    Turdiyeva Sabina va 3-o’rinni 24-20 guruhdan-    Ergashev Aktamlar egallashdi.

Tanlov g‘oliblari va ishtirokchilari TKTI Shahrisabz filiali ma’muriyati tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Scroll to Top