Joriy yilning 8-iyun kuni Jizzax shahridagi viloyat musiqali drama teatiri binosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi,O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari Agentligi 2022 yil 11-apreldagi 14-14 sonli qo‘shma qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida filialimizda tashkil etilgan “ZAMONDOSH” talabalar teatr-studiyasi jamoasi tomonidan dramaturg Karomat Dilmonovning “MILLAT QAYGʻUSI” deb nomlangan tarixiy dramasi Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari ” festivalining Jizzax shahridagi 3-mintaqaviy bosqichida “ENG YAXSHI SPEKTAKL” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
TKTI Shahrisabz filiali rahbariyati, professor-o’qituvchilari hamda talaba – yoshlari iqtidorli, izlanuvchan, tashabbuskor talabalardan tashkil topgan “ZAMONDOSH” talabalar teatr-studiyasi jamoasining kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyat tilaydi.