ERKAN MACHINERY” Qo‘shma korxonasiga tashrif

Nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash oliy ta’lim samaradorligini oshirishning xalqaro tajribada sinalgan usullaridan biridir. Amaliyotning har qanday turi malakali mutaxassislar tayyorlashning ajralmas qismi hisoblanadi

O‘quv jarayoni jadvaliga ko‘ra, joriy o‘quv yilida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali talabalari ham har xil ishlab chiqarish karxonalari va zavodlarida o‘quv-tanishuv amaliyotlarini o‘tash maqsadida yuborildilar.

Kuni kucha erta tongdan filialimiz talabalari “Muxandislik grafikasi” fani o‘qituvchisi Elmanov Abbos hamda mutaxassislik fani o’qituvchisi Abdiyev Akbar boshchiligida “ERKAN MACHINERY” Qo‘shma korxonasiga tashrif buyurishdi.

Bosh direktori Alijon Eshqobilov oziq-ovqat zavodlari uchun kerak bo‘ladigan ehtiyot qismlari, ishlab chiqarish uskunalari haqida so‘zlab berdi va mutaxassislar tomonidan talabalarga ularni amalda ko’rishiga imkoniyat yaratib berdi.

Talabalarimiz kunning ikkinchi yarmida Qashqadaryo viloyati «Shahrisabz-vino aroq» AJ da bo‘lishdi.

Boshqaruv raisi Uralov Erkinjon Kungirbayevich ruxsati bilan uzumni qayta ishlash sexi boshlig‘i Lutfulla Nurullayev talabalarni zavod ishlab chiqarish sexlari bilan tanishtirdi. Shu bilan birga talabalar drobilka, stekatel, presslar porshenli va markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan nasoslar, metallik va temir-beton rezervuarlar bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, talabalarda yaqinda Italiyadan olib kelingan “Delta Toffolo” firmasining yangi ishlab chiqarish liniyasi katta taassurot qoldirdi.

Amaliyotlarni yuqori saviyada tashkil etilishi talabalarning nazariy o‘qish davrida olgan bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlanishiga albatta o‘z samarasini beradi.

Scroll to Top