Oila qurish inson hayotidagi eng mas’uliyatli ishlardandir. Mamlakatimizda oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, ayniqsa, yosh oilalarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, oila hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan, xalqimizning muqaddas urf-odatlari sayqal topadigan, kelajak avlod kamolotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali ma`naviyat xonasida Shahrisabz shahar ko`p tarmoqli poliklinika “Oila va nikoh” bo`limi boshlig`i S.I.Xazratqulova, xotin-qizlar masalalari bo`yicha dekan maslahatchisi N.Shapsanova, Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi boshlig`i U.To`rayeva hamda talabalar-qizlar ishtirokida “ERTA TURMUSH QURISHNING SALBIY OQIBATLARI” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.
Talabalar mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Davra suhbati qizg’in munozara va tahlillarga boy bo’ldi.