“Fayzobod ” MFY hamda 21-maktabida targ ‘ibot-tadbiri bo`lib o`tdi.

Joriy yilning 12-aprel kuni Shahrisabz shahar “Fayzobod ” MFY hamda 21-maktab jamoasida “Konstitusiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati” mavzusida targ ‘ibot-tashviqot tadbiri o ‘tkazildi.

Tadbirda shahar hokimligi vakili, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali sirtqi bo`lim boshlig`i Sh.Rahmonova, filial Xotin-qizlar masalalari bo`yicha direktor maslahatchisi A.Berdiyeva hamda Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi boshlig`i U.To`rayevalar ishtirok etishdi.

Ular tomonidan referendium va uning mazmun-mohiyati va Yangilanayotgan Konstitusiyaga kiritilayotgan o ‘zgarishlar haqida batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

Scroll to Top