“Fayzobod” MFYda “Kitob mutolaasi – qalb ozuqasi” nomli tadbir

Shahrisabz shahrida “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida tadbirlar tashkil etish maqsadida, professor-o‘qituvchilar biriktirilib, ular ishtirokida turli tadbirlar olib borilayotgani ayni haqiqat.

Bugun yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish va yoshlar o’rtasida badiiy adabiyotlar mutolaasiga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytirish, ular ongida Ona Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat, umuminsoniy tushuncha va qadriyatlarni singdirish maqsadida, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali jamoasi tomonidan mahallada kitob o’qishni takomillashtirishni joriy etishga qaratilgan “Kitob mutolaasi – qalb ozuqasi” nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbirda so’zga chiqqan o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari B.Sirojov, sirtqi bo’lim boshlig’i Sh.Rahmonovalar mahalla fuqarolarini “9-May Xotira va qadrlash kuni” bayrami bilan tabriklab, “Kitob insonni kamolga yetkazuvchi vositalardan biri” ekanligini ta’kidladilar hamda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati haqida fikr almashdilar.

Mahalla ahliga xursandchilik ulashish maqsadida, yoshlar ittifoqi yetakchisi va iqtidorli talabalar tomonidan “Kitob mutolaasi – qalb ozuqasi” nomli tadbir taqdim etildi. 

Shuningdek, Yoshlar ittifoqi yetakchisi U.To’rayeva mahalla yoshlari uchun filialda yaratilayotgan sharoitlar, “tayyorlov”  hamda kasb- hunarga o’rgatish maqsadida tashkil etilgan “Mohir qo’llar”, “Pazandalik sirlari”  kurslari va sport klublari haqida ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida, ARM rahbari Z. Pardayev “Fayzobod” mahalla kutubxonasi uchun filial professor-o’qituvchilari tomonidan to’plangan  50 ga yaqin kitoblar jamlanmasini  topshirdi.

Scroll to Top