“Filial direktori va sardorlar uchrashuvi”

Joriy yilning 02-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Filial direktori va sardorlar uchrashuvi”  bo‘lib o‘tdi.

Filial direktori professor Sh.A.Mutalov 2023-yildagi ta’lim sohasidagi yangiliklar, yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘zgarishlar haqida to‘xtalib o‘tdi va olib borilayotgan islohotlar yuzasidan fikr yuritib, islohotlar zamirida yoshlardan talab qilinadigan narsa bu shijoat, bilim va harakat ekanini ta’kidladi.

Muloqotda yoshlar erishayotgan yutuqlari, o‘zlarini qiynayotgan turli muammo va masalalari yuzasidan erkin fikr bildirdilar.

Shundan so‘ng, turli yo‘nalishlar kesimida iqtidorli nomzodlar, namuna ko‘rsatayotgan talaba- yoshlar erishayotgan yutuqlari, o‘zlarini qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirdilar.

 Ostonov Oston,

Nuriddinov Jaloliddin,

Mavlonov Muzaffar,

Ergashev Abduraufxonlar

taklif va loyihalarini taqdimot ko‘rinishida namoyish etdilar.

Nomzodlar tomonidan bildirilgan taklif va loyihalar ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

Scroll to Top