Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Fizika fani assistent-o’qituvchisi Bahronova Anzura Akrom qizi tomonidan o’tilgan ochiq dars

2-iyun kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida fizika fani assistent-o’qituvchisi Bahronova Anzura Akrom qizi rahbarligida 16-20 guruh talabalari uchun “Geometrik optika. Yorug’likning interferensiyasi. Yorug’likning difraksiyasi.” mavzusidagi ochiq dars bo’lib o’tdi.

 Ochiq dars yanada qiziqarli va ko’tarinki kayfiyatda o’tishi uchun, ustoz tomonidan 16-20 guruh talabalari ikki jamoaga ya’ni, “Arximed” va “Eynshteyn” jamoalariga bo’lindi. 

Dars jamoalar bir-biriga tayyorlab kelgan tezkor savol-javoblar bilan boshlanib, o’tilgan mavzular yana bir bor takrorlandi. So’ngra ustoz tomonidan talabalarga vidiorolik, slayd va boshqa ma’lumotlar yordamida yangi mavzuga oid barcha ma’lumotlar berildi. 

Noodatiy o’tgan ochiq darsda jamoalar ko’plab shartlarda bellashishdi. Dars so’ngida lirik chekinish qilindi, ya’ni talaba Turdiyeva Sabina tomonidan “O’zbek” she’ri ifodali o’qildi.

Darsda faol ishtirok etgan talabalar va g’olib jamoa a’zolari ustoz tomonidan munosib baholandi.